uzlogisticsnet

2030-yilgacha ekonometrik prognoz

Rasmiy tarixiy statistika va ekonometrik ekstrapolyatsiyaga asoslangan ikki mustaqil ko'rsatkich: transport-logistika sektori korxonalari soni va modellashtirilgan samaradorlik indeksi

Transport va saqlash sohasidagi korxonalar soni

2014-2026 — rasmiy tarixiy ma'lumot, 2027-2030 — konservativ ekstrapolyatsiya

Manba: O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi, Yagona davlat registri (IFUT-2, H bo'limi — Tashish va saqlash)

Diqqat: bu — butun respublika bo'yicha barcha "transport va saqlash" korxonalari soni (2026-yilda 23 935 ta), goldenpages.uz katalogidagi 242 ta logistika kompaniyasi bilan bir xil EMAS — bular turli ko'lam va manbadagi ko'rsatkichlar.

Logistika samaradorligi indeksi (modellashtirilgan)

0-100 shkalada, LX/YT/TS va ma'lumot qayta ishlash/monitoring aniqligi natijalarini birlashtirgan sintetik ko'rsatkich

Bu ko'rsatkich o'lchangan emas, balki 2- va 3-ilmiy yangilik natijalari asosida modellashtirilgan.

Metodologiya

Rasmiy grafik Milliy statistika qo'mitasining 2014-2026-yillik tarixiy ma'lumotlariga asoslanadi; 2027-2030 nuqtalari so'nggi uch yillik (2024-2026) o'rtacha o'sish sur'atidan konservativ ekstrapolyatsiya qilingan, soyali hudud kengayib boruvchi ishonch oralig'ini bildiradi. Samaradorlik indeksi grafigi esa YIM o'sishi, raqamlashtirish darajasi va tranzit yuk hajmi kabi omillarni hisobga oluvchi regressiya modeli asosidagi modellashtirilgan ko'rsatkich.